Britaniyaning The Telegraph gazetasi Politico bilan hamkorlikda ötkazgan suriştiruv natijalariga tayanib, Xitoy davlat kompaniyasi Rossiyaga kamikadze-dronlar işlab çiqariş uçun zarur materiallarni yaşirin ravişda yetkazib berganini xabar qildi.

Jurnalistlar tanişgan Rossiyaning içki hujjatlariga köra, komponentlar Rossiyada «Geran» dronlarini işlab çiqariş bilan boğliq kompaniyaga yetkazilgan. Rossiya qöşinlari uşbu uzoq masofali dronlardan Ukrainaga zarbalar berişda foydalanadi.

Hujjatlarni Ukraina xavfsizlik va hamkorlik markazi (USCC) Rossiyadagi manbalardan olgani va keyinçalik AQŞ hamda Buyuk Britaniya hukumatlariga taqdim etgani aytilmoqda.

Yuk fuqarolik mahsuloti sifatida rasmiylaştirilgan

Suriştiruvda keltirilgan hujjatlarga köra, Xitoyning Jilin Chemical Fiber Group davlat kompaniyasi Rossiyaga uglerod tolasi işlab çiqariş uçun 46 tonna poliakrilonitril xomaşyosi yetkazib bergan.

Yukni «Rosatom» davlat korporatsiyasining zamonaviy materiallar va kompozitlarga ixtisoslaşgan Umatex bölinmasi tarkibidagi «Alabuga-Volokno» kompaniyasi qabul qilgan.

USCC tadqiqotiga köra, «Alabuga-Volokno» Rossiyada uzoq masofaga uçuvçi kamikadze-dronlarni ommaviy işlab çiqariş uçun yuqori mustahkamlikdagi uglerod tolasini yetkazib beradi. Gap Eronning Shahed dronlari asosida yaratilgan Rossiya dronlari haqida ketmoqda.

Ukraina tomoni taqdim etgan hujjatlarning haqiqiyligi AQŞ, Buyuk Britaniya va Ukraina rasmiylari tomonidan tasdiqlangani xabarda qayd etilgan.

Jurnalistlarning aniqlaşiça, yetkazib berilgan xomaşyo bojxonada neylon va poliester kabi fuqarolik maqsadida işlatiladigan sintetik materiallarga tegişli kod bilan rasmiylaştirilgan.

Agar mahsulot töğri bojxona kodi bilan rasmiylaştirilganida, u ham fuqarolik sanoatida, ham mudofaa sohasida qöllanilişi mumkin bölgan ikki xil maqsadli tovar sifatida tasniflanişi kerak edi.

Xomaşyo 1,3 mingta dron uçun yetarli bölişi mumkin

Amerikalik ekspert Devid Olbraytning hisob-kitobiga köra, Jilin Chemical Fiber Group yetkazib bergan poliakrilonitril xomaşyosi miqdori 1,3 mingta kamikadze-dron uçun zarur uglerod tolasini işlab çiqarişga yetarli.