11:12 / 27.07.2023
6010

Hanter Bayden soliqlarni to‘lamaganlik bo‘yicha aybini tan olishdan bosh tortdi

Dastlab, AQSh prezidentining o‘g‘li Hanter Bayden tergov bilan bog‘liq kelishuv doirasida ikkita soliq jinoyatida aybini tan olgandi.

Foto: NBC

26 iyul, chorshanba kuni AQSh 46-prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden prokurorlar bilan kelishuv barbod bo‘lganidan keyin soliq jinoyatlari bo‘yicha aybini tan olishdan bosh tortdi. Sudya Meriellen Noreyka kelishuv shartlaridan xavotir bildirdi va uni to‘xtatdi. 

AR axborot agentligi xabariga ko‘ra, sud majlisida advokatlar va sudya o‘rtasida kelishuv kelajakdagi ayblovlardan himoya qiladimi yoki yo‘qmi, degan masala yuzasidan munozara yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, Bayden qurol saqlash ayblovi bilan jinoiy javobgarlikka tortilmaslik uchun kelishuvsiz soliq jinoyatlarida aybini tan olmasligini aytdi. 

Avvalroq, kichik Bayden ikkita soliq jinoyati bo‘yicha aybini tan olgandi: 2017 va 2018 yillarda u 100 ming dollardan ortiq soliq to‘lamagan. Shuningdek, u giyohvand moddalarga qaram shaxs sifatida o‘qotar qurol saqlaganlikda ayblanmoqda. Bayden bu band bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida tergov bilan «sudgacha kelishuv tuzishga rozi bo‘ldi», lekin aybini rasman tan olmadi. 

Hanter Bayden ishi bo‘yicha Adliya vazirligi birinchi marta amaldagi davlat rahbarining o‘g‘liga qarshi ayblovlar qo‘ydi. 

Top