Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi, turizm sohasi Abduhakimovga qaytgan
U bungacha madaniyat va turizm vaziri hisoblanardi.

Foto: Qonunchilik palatasi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z telegram-kanalida xabar bergan.
Shu tariqa, endi u turizm sohasiga javob bermaydi.
Ozodbek Nazarbekovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
«Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga Ozodbek Nazarbekov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda O.Nazarbekov madaniyat sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar O.Nazarbekov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga ma’qulladilar», deyiladi xabarda.
Ozodbek Nazarbekov 2020 yil yanvarida madaniyat vaziri lavozimini egallagandi.
2022 yil oxiridagi ma’muriy islohotlar paytida Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilgan va Nazarbekov madaniyat va turizm vaziri lavozimiga tayinlagan edi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, turizm sohasi yana ayni vaqtda ekologiya va iqlim vaziri bo‘lib turgan Aziz Abduhakimovga qaytmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kurdiston ishchilar partiyasi tarqatib yuborilganini e’lon qildi
Jahon | 16:12
-
2030 yilgacha 84 mingta avtoturargohlar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:00
-
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
Iqtisodiyot | 15:58
-
O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani aytildi
O‘zbekiston | 15:42
Mavzuga oid

21:27 / 24.12.2024
“Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek Nazarbekov

19:33 / 24.12.2024
“Davlatning kino sohasidan chiqib ketishiga hali vaqt bor” – Ozodbek Nazarbekov

16:45 / 13.12.2024
Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

18:18 / 31.10.2024