Dengiz blokadasi mavhum tuşunça emas. Uning qoidalari va şartlari xalqaro şartnomalarda, birinçi navbatda, 1909 yilgi dengiz uruşi qonuni haqidagi London deklaratsiyasida bayon etilgan.

Ammo Moskva ham, Kiyev ham dengiz blokadasini rasman e’lon qilmadi. Şunga qaramay, ularning bayonotlari boşqa davlat tomonidan nazorat qilinadigan portlardan yuk taşişni töxtatişga qaratilgan, bu esa mohiyatan dengiz blokadasidir.

Blokada dengiz savdosiga ta’sir qiladi, çunki fuqarolik kemalarining har qanday reydlari suğurta kompaniyalariga boğliq.

Va bu allaqaçon sodir bölmoqda. Reuters agentligining 2023 yil 21 iyul kungi xabarida Qora dengizda ğalla taşilişi hajmi şu kuni keçga tomon 35 foizga qisqargani aytilgan. Bunga Qora dengiz hududidagi vaziyat keskinlaşuviga reaksiya qilayotgan suğurta kompaniyalarining qörquvi sabab bölmoqda.

Dengiz blokadasi

Tarixiy jihatdan, dengiz qonunida çetlab ötiş juda oson bölgan köplab qoidalar mavjud. Jumladan, bu dengiz blokadasi qoidalariga ham tegişli.

Dengiz uruşi qonuni böyiça London deklaratsiyasiga köra, «dengiz blokadasi faqat duşmanga tegişli bölgan yoki bosib olingan portlar va qirğoqlarga nisbatan qöllanişi mumkin».

Boşqa bir qoidada blokada faqat buning uçun barça zarur vositalar mavjud bölgandagina e’lon qilinişi mumkinligi nazarda tutilgan. Ya’ni, agar jismoniy jihatdan buni amalga oşirişning iloji bölmasa, qirğoq blokadasini e’lon qiliş mumkin emas.

Deklaratsiyada blokadani olib borişning boşqa qoidalari va şartlari ham mavjud, ammo u heç kim rasman blokada e’lon qilmagan vaziyatni tartibga solmaydi.

Istanbulda tekşiruvdan ötişni kutayotgan ğalla taşuvçi kemalar. Bu surat ğalla kelişuvi bekor qilinişidan oldin olingan. Foto: Getty Images

Garçi aslida gap fuqarolik kemalarining Rossiyaga tegişli bölgan yoki duşman tomonidan bosib olingan portlarga kirişini töxtatib qöyiş haqida ketgan bölsa ham, Rossiya mudofaa vazirligining bayonotida ham, Ukraina mudofaa vazirligining javob bayonotida ham «blokada» sözi tilga olinmagan.

Rossiya mudofaa vazirligi öz bayonotida amalda «Qora dengiz xalqaro suvlarining şimoli-ğarbiy va janubi-şarqiy qismlaridagi bir qator dengiz hududlari» blokada qilinganini e’lon qildi.