Özbekistonda turizm sohasi boşqaruvi heç “öz örniga” tuşmayapti: “tepasi” bir qömitaga, bir vazirlikka aylangan soha endilikda madaniyat tizimidan ajratib olinib, ekologiyaga berildi. Bu – ötgan 31 yildagi 6-özgariş.
Mustaqil Özbekistonning turizm sohasidagi ilk boşqaruv organi “Özbekturizm” milliy kompaniyasi hisoblanadi. U 1992 yil 27 iyul kuni prezident farmoni bilan taşkil etilgan. “Özbekturizm” milliy kompaniyasi qariyb 25 yil – 2016 yilning dekabr oyiga qadar turizm sohasida respublikaning yagona siyosatini amalga oşirib kelgan.
2016 yil 2 dekabrda prezident farmoni bilan “Özbekturizm” milliy kompaniyasi tugatildi va uning negizida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi taşkil qilindi. Farmonga köra, qömita turizm sohasida vakolatli davlat organi qilib belgilandi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi 5 yil “umr kördi”. Prezidentning 2021 yil 6 apreldagi farmoni bilan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi negizida Turizm va sport vazirligi taşkil etildi. Vazirlik turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat boşqaruvi organi hisoblanişi belgilandi.
Şu tariqa, turizm 10 oy sport sohasi bilan birga yurdi. 2022 yil 18 fevralga kelib, prezident farmoni bilan Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantiriş vazirligi taşkil qilindi. Farmon bilan vazirlik turizm va madaniy meros sohasida davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat boşqaruv organi hisoblanişi belgilandi.
2022 yil oxiridagi ma’muriy islohotlar paytida esa Turizm va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi negizida Madaniyat va turizm vazirligi taşkil etildi. Ammo turizm sohasi bu vazirlikka ham “siğmadi”. Sönggi özgarişdan söng turizm sohasi madaniyat tizimi “bağridan yulib olinib”, ekologiyaga












