Braziliya rasmiylari rossiyalik josusni AQShga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi
AQSh rasmiylari Braziliyadan Xalqaro jinoiy sudda yashirin ravishda amaliyot o‘tamoqchi bo‘lgan rossiyalik harbiy razvedka xodimi Sergey Cherkasovni ekstraditsiya qilishni so‘ramoqda.

Sergey Cherkasov / Foto: JD
Braziliya Adliya va jamoat xavfsizligi vazirligi Vashington Rossiya razvedkasi xodimi deb hisoblagan va josuslikda ayblanayotgan Rossiya fuqarosi Sergey Cherkasovni AQShga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi. Adliya vazirligi o‘z qarorini 27 iyul, payshanba kuni e’lon qildi.
«AQSh so‘roviga kelsak, Adliya va jamoat xavfsizligi departamentining aktivlarni qaytarib olish va xalqaro huquqiy hamkorlik departamenti sudlanuvchida STF (Oliy Federal sud) tomonidan tasdiqlangan ekstraditsiya buyrug‘i bor bo‘lganligi sababli buni asossiz deb hisobladi», — deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Idoraning tushuntirishicha, AQSh so‘rovidan tashqari ularga ekstraditsiya bo‘yicha Rossiya so‘rovi ham kelib tushgan, biroq Moskva so‘rovining ijrosi «13445/2017-sonli qonunning 95-moddasiga muvofiq» to‘xtatilgan. Qonun shuni nazarda tutadiki, ekstraditsiya faqat sud jarayoni tugagandan yoki hukm ijro etilgandan keyin mumkin. Rossiyada Cherkasov giyohvand moddalar savdosida ayblangan.
Sergey Cherkasov 2022 yilning iyunida Niderlandiyada qo‘lga olingan edi. Niderland razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik o‘zini Braziliya fuqarosi Viktor Myuller Ferreyra sifatida ko‘rsatgan va Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)da amaliyot o‘tashga uringan. Cherkasov Braziliyaga chiqarib yuborilgan va u yerda hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun 15 yilga qamalgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Pokiston fan va innovatsiya forumi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:04
-
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 15:02
-
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi
Jahon | 14:55
-
«Sevimli» telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:31
Mavzuga oid

10:29
AQSh Ukrainaga Patriot uchun raketa yetkazib berishni to‘xtatdi

15:35 / 02.07.2025
AQSh USAID dasturlarini rasman yopdi

15:24 / 02.07.2025
Paramount kompaniyasi Donald Trampga 16 million dollar kompensatsiya to‘laydi

09:49 / 02.07.2025