Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning şeriklari butun dunyo böylab «Putin – qotil» deb nomlangan norozilik aksiyasini e’lon qilişdi. U 2023 yilning 20 avgustida, Navalniy zaharlanganining uç yilligida bölib ötadi.
«Qörquv, zöravonlik, qotillik — Putin hokimiyati 20 yildan ortiq vaqt davomida şunga asoslanib faoliyat yuritmoqda. Rossiyada unga qarşilik körsatganlar, mamlakatimizning erkin kelajagi uçun kuraşganlar uning birinçi qurboniga aylandi. Endi Putin XXI asrda, qöşni davlatda har kuni yuzlab va minglab odamlar halok bölayotgan dahşatli va eng ma’nosiz uruşni boşladi. Putin — qotil. Keling, bu haqda iloji boriça baland ovozda aytaylik», deyiladi Navalniy tarafdorlari çaqiriğida.
Muxolifatçi jamoasi 20 avgust kuni «xavfsiz mamlakatlarda yaşovçi barçani» mitingga çorladi. Faollardan «Putin – qotil» iborasi bilan video yozib oliş va tayyorlangan taşviqot materiallarini tarqatiş söralyapti.












