«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin kutilmaganda Sankt-Peterburgda ötkazilayotgan «Rossiya-Afrika» sammitida paydo böldi. 

Prigojinning Markaziy Afrika Respublikasi vakili bilan tuşgan suratini uning «öng qöli» Dmitriy Sitiy naşr etdi. 

«Elçi men bilan Rossiya-Afrika sammitining ilk suratlarini baham kördi. Biz taniş çehralarni köryapmiz», deb yozdi u. 

«Vagnerçilar» Afrika qit’asi uçun begona emas. Ular Afrikada ilk bor 2017 yilda, Rossiya Sudandagi mojaroga aralaşib, öşa paytdagi prezident Umar Hasan al-Başir tarafini olgan paytda paydo bölgan. 

2018 yilda Markaziy Afrika Respublikasida ham rossiyalik jangçilar paydo böldi. 

Hozirgi kunga qadar «Vagner» jangçilari tarqoq holda Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Liviya, Mali, Mozambik, Kamerun, Madagaskar, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Ekvator Gvineyasi, Janubiy Afrika, Zimbabve, Keniya kabi mamlakatlarda ham köriniş bergan. 

The New York Times ma’lumotlariga köra, «Vagner» Afrika qit’asida oltin kabi resurslarni tolon-taroj qilmoqda. Ötgan yil davomida guruh Afrikada oltin qazib olişdan bir milliard dollarga yaqin daromad körgan.