2023 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekiston importida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinçi örinni egalladi. Uşbu davlatdan 4,2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga köra, keyingi örinlardan 3,1 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,5 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozoğiston joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi: 

—  Koreya – 1,0 mlrd;
—  Germaniya – 892 mln;
—  Turkiya – 875 mln;
—  Turkmaniston – 358 mln;
—  Braziliya – 333 mln;
—  Litva – 290 mln;
—  Hindiston – 253 mln AQŞ dollari.

Avvalroq 2023 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar töğrisida ma’lumot berilgandi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, körsatilgan davrda Özbekiston eksportida eng yuqori körsatkiç Rossiya bilan qayd etilgan – 1,3 mlrd dollar.

Undan keyingi örinlardan mos ravişda 1 mlrd hamda 699,3 dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozoğiston joy oldi.