Joriy yilning iyul oyida Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi «JETOUR AUTO INTERTIONAL COMPANY» vitse prezidenti Jak Chen O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Vitse prezident mamlakatimizda 2021 yildan boshlab «Jetour Uzbekistan» brendi ostida «AUTO MOTORS ASIA» MChJ kompaniyasi bilan rasmiy faoliyat yuritayotgan korxona faoliyati bilan batafsil tanishib chiqdi.

Tashrif mobaynida Jetour avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori «AUTO MOTORS ASIA» MChJ kompaniyasi rahbariyati bilan dilerlik tarmog‘ini kengaytirish haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, shuningdek, O‘zbekiston bozorida nechta dilerlik markazlari faol ishlayotgani, yaqin kelajakda qancha rasmiy dilerlik va servis markazlari paydo bo‘lishi muhokama qilindi.

Jak Chen kompaniyaning bosh maqsadi bu har bir xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish ekanligi, undan tashqari O‘zbekistondagi yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, bilim va tajribasini oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga borib amaliyot o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yishni, bu bo‘yicha barcha xarajatlarni «JETOUR AUTO INTERTIONAL COMPANY» kompaniyasi hisobidan ta’minlashni ta’kidladi. Amaliyotni tugatib kelgan hodimlarni esa zamonaviy kompyuter diagnostika qurilmalari bilan ta’minlashga moddiy va ma’naviy jihatdan tayyor ekanliklari bildirildi. Yaqin kelajakda respublikamizga yanada yangi modeldagi avtomobillarni kiritish bo‘yicha rejalar tuzildi. Suhbat yakunida bir nechta shartnomalar imzolandi.
Jak Chen Jetour Uzbekistan servis tizimiga alohida to‘xtalib, mamlakatimizga kirib kelayotgan “Jetour” brendi ostidagi barcha avtomobillarni faqat rasmiy dillerlik markazlaridan xarid qilishga chaqirdi. Chunki avtomobillar eksporti ma’lum bir mintaqalar tabiiy muhitini hisobga olib yo‘naltirilishini ta’kidladi. U shuningdek, kompaniya tomonidan berilayotgan rasmiy kafolatlar shundagina haqqoniy bo‘lishiga urg‘u berdi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, rasmiy servis markazida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, norasmiy servis markaziga qaraganda bir qator afzalliklarga ega.
1. Servis hodimlarining avtomobil haqida chuqur bilim va tajribaga ega ekanligi: ya’ni barcha servis markazlarining texnik xodimlari maxsus tayyorgarliklardan o‘tadi hamda mavjud material va yangiliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa ularga so‘nggi ishlanmalar va xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalaridan xabardor bo‘lish imkonini beradi.















