Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta’lim, fan va madaniyat agentligi (YuNESKO) maktablarda smartfonlardan foydalanişni butunlay taqiqlaş kerak, deb hisoblaydi. Bu bolalar darslardan kamroq çalğişi va yaxşiroq öqişi uçun kerak. Şuningdek, u bolalarni kiberbullingdan himoya qilişga yordam beradi.

YuNESKO ma’lumotlariga köra, mobil telefonlardan haddan ortiqça foydalaniş va fanlarni yomon özlaştiriş bilan boğliq dalillar mavjud. Taşkilotning ta’kidlaşiça, raqamli texnologiyalarning ta’lim natijalari va iqtisodiy samaradorlikka ijobiy ta’siri ortiqça baholab yuborilgan.

«Hamma özgarişlar taraqqiyotni anglatmaydi. Biror narsa qiliş mumkin bölganligi, buni qiliş kerak degani emas», deyiladi YuNESKO raqamli kutubxonasi tomonidan çop etilgan 400 sahifalik hisobotda.

Taşkilotning fikriça, ta’lim sohasidagi raqamli texnologiyalar zarar emas, foyda keltirişi uçun mamlakatlar aniq qoidalarni işlab çiqişi kerak.

Qayd qilinişiça, Yevropa Ittifoqi davlatlarining çorak qismi allaqaçon maktablarda smartfonlardan foydalanişni taqiqlagan.