O‘zbekiston | 12:24 / 31.07.2023
14723
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunduz kunlari havo harorati +35...+40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42 darajagacha ko‘tariladi.

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida 1 avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

31 iyul va 1 avgustda shimolda va cho‘l hududlarda, 3-4 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni biroz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat +33...+38 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 8-10 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31 iyul-4 avgustda +38...+40 daraja atrofida bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid