Har qanday davlatda rivojlanişning asosiy omillaridan biri bu – mamlakatdagi ta’lim va ilm fanga bölgan e’tiborning darajasi.
Buni Yevropa mamlakatlari, AQŞ, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapurning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti misolida ham köriş mumkin.
Şu jihatdan, rivojlangan davlatlarda öqituvçilik eng yuqori haq tölanadigan mutaxassisliklardan biri hisoblanadi. Ularning davlat rivoji va taraqqiyoti uçun qöşayotgan hissasi munosib qadrlanadi.
World of Statistics tahlillariga köra, öqituvçilar eng köp maoş oladigan davlatlar reytingi quyidagiça:
1. Lyuksemburg – 104 845 dollar;
2. Germaniya – 85 048 dollar;
3. Niderlandiya –70 899 dollar;
4. Kanada – 70 331 dollar;
5. Avstraliya – 68 607 dollar;
6. AQŞ – 63 531 dollar;
7. Irlandiya – 62 336 dollar;
8. Daniya – 62 300 dollar;
9. Janubiy Koreya – 60 184 dollar;
10. Avstriya – 57 637 dollar;
11. Yangi Zelandiya – 52 698 dollar;
12. Norvegiya – 50 677 dollar;
13. Ispaniya – 50 547 dollar;
14. Yaponiya – 49 355 dollar;
15. Şvetsiya – 49 231 dollar;
16. Sloveniya – 48 203 dollar;
17. Finlandiya – 45 771 dollar;
18. Islandiya – 45 371 dollar;
19. Portugaliya – 44 412 dollar;
20. Kolumbiya – 43 073 dollar.
Özbekistonda öqituvçilar qança pul topişadi?












