Prezident Şavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Vengriya, Ozarboyjon va Yaponiya bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Qayd qilinişiça, avvalroq Vengriya bilan 33 ta, Ozarboyjon bilan 27 ta, Yaponiya bilan 13 ta loyiha böyiça kelişuvlar imzolangan. Yiğilişda uşbu loyihalarning ijro holati, ularni amalga oşiriş böyiça yölga qöyilgan tizim haqida axborot berildi.
Vengriya bilan hamkorlikda parrandaçilik klasteri taşkil etiş, aviakompaniya oçiş, dori-darmonlar, butlovçi qismlar va kimyo mahsulotlari işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Ozarboyjon bilan energetika, kimyo, transport, maşinasozlik, quriliş sohalarida hamkorlik qilinmoqda.
Yaponiya bilan loyihalar kölami ham keng: energetika, turizm, soğliqni saqlaş, farmatsevtika, töqimaçilik, çorvaçilik.
Vengriya, Ozarboyjon va Yaponiya bilan şeriklikdagi uşbu loyihalar natijasida 8 mingdan ziyod yangi iş örni, qariyb 1 milliard 700 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilişi nazarda tutilgan.
Davlat rahbari loyihalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş, bu borada mas’ullar va investitsiya menejyerlari işini jonlantiriş zarurligini ta’kidladi.
Ikki tomonlama muloqotlar, jumladan, işbilarmon doiralarning özaro taşrifini taşkil etiş orqali yangi loyihalar böyiça takliflar işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Sanoat, axborot texnologiyalari, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, xizmatlar, ta’lim va innovatsiyalar hamkorlikning yangi istiqbolli yönalişlari sifatida qayd etildi.

















