Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan Ukrainaga qaytgan «Azov» komandirlari jangovar harakatlarda ishtirok etadi
Turkiyadan Ukrainaga qaytgan «Azovstal»ning besh nafar komandiri frontga qaytishga hozirlik ko‘rmoqda, dedi Ukraina Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Aleksandr Pivnenko «Ukrainska pravda» gazetasiga bergan intervyusida.
«Azov» komandirlari uchun jangovar harakatlarda qatnashish taqiqlanganmi, degan savolga Pivnenko bunday taqiq yo‘qligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Azov» komandirlari «hamma kabi topshiriqlarni bajarishga tayyorlanmoqda va uni bajaradi».
«Frontda yuzaga kelayotgan vaziyatga qarab bu o‘zgarishi mumkin. Balki bir oy ichida jo‘nab ketishar. Ko‘ramiz, voqealar rivojining o‘zi ko‘rsatadi», - dedi u.
Avvalroq «Azovstal» mudofaasiga rahbarlik qilgan besh komandir bir necha oy davomida Turkiyada kuzatuv ostida turganidan so‘ng Ukrainaga qaytarilgandi.
Harbiylarni vatanga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning o‘zi shaxsan olib qaytgan, u 7 iyul kuni Turkiyaga uchib kelgan va Istanbulda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgan. 8 iyul kuni kunduzi Zelenskiyning matbuot xizmati e’lon qilgan videoda Turkiya tomoni unga besh nafar harbiyni topshirgani, keyin ular birgalikda prezidentlik samolyotiga chiqib, uchib ketganini ko‘rish mumkin.
Ukraina qurolli kuchlari Mariupoldagi «Azovstal» metallurgiya zavodini Rossiya qo‘shinlaridan 2022 yilning martidan may oyi o‘rtalariga qadar himoya qilgan, kombinat hududida ular bilan birga tinch aholi vakillari ham yashiringandi. May oyining ikkinchi yarmida Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi komandirlarga «shaxsiy tarkib hayotini saqlab qolish» bo‘yicha topshiriq beradi, shundan keyin «Azovstal» mudofaachilari (jami 2,5 ming harbiy) taslim bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026