Singapurda o‘tgan bahsda Yurgen Klopp shogirdlari o‘yin davomida ikki marta hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Gakpo, van Deyk, Diasning goliga Gnabri, Sane, Stanishich javob qaytardi. 90+1-daqiqada esa Kretsig Myunxen klubiga g‘alaba keltirdi – 4:3.
O‘rtoqlik o‘yini. 2 avgust
Liverpul – Bavariya – 3:4
Gollar: 1:0 – 2 Gakpo, 2:0 – 28 van Deyk, 2:1 – 33 Gnabri, 2:2 – 42 Sane, 3:2 – 66 Dias, 3:3 – 80 Stanishich, 3:4 – 90+1 Kretsig.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Tsimikas, 62), Matip (Konate, 46), van Deyk (Kuansa, 76), Roberson (Elliott, 62), Soboslai (MakKonnel, 76), Mak Allister (Nunes, 46), Jons (Klark, 75), Saloh (Douk, 76), Diogu Jota (Dias, 46), Gakpo (Gomes, 62).
Bavariya – Zommer (Ulrayh, 46), Pavar (Kretsig, 61), Upamekano (Stanishich, 61), Kim Min Je (de Ligt, 46), Devis (Mazraviy, 61), Kimmih (Pavlovich, 69), Laymer (Goretska, 61), Sane (Koman, 46), Musiala (Ibrahimovich, 61), Gnabri (Gravenberh, 61), Tel (Sarr, 69).











