TIV ma’lumotiga köra, tadbir davomida afğon inqirozini hal etiş, mamlakatga tez fursatda gumanitar va boşqa yordam körsatiş böyiça xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Tomonlar Afğonistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakat yangi hukumatiga nisbatan mujassamlaşgan pozitsiyasini rivojlantiriş, Afğonistonda barqaror va uzoq muddatli tinçlik örnatiş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.
Iştirokçi davlatlar vakillari Afğonistonda inson huquqlariga rioya etilişi haqida söz yuritib, «Tolibon» tomonidan jahon hamjamiyatining talablarini bajariş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettiriş muhimligini ta’kidladi.
Forum iştirokçilari afğonistonlik ayollar va qizlarning ta’lim oliş hamda mehnat qiliş huquqlarini ta’minlaş muhimligini ta’kidlab, Afğoniston xalqiga insonparvarlik yordami körsatiş zarurligini ta’kidladi.
Markaziy Osiyo davlatlari va AQŞ maxsus vakillari mintaqadagi terrorçilik tahdidlariga qarşi birgalikda kuraşiş, Afğoniston hududini xalqaro terrorçilik taşkilotlari uçun xavfsiz boşpanaga aylantirişning oldini oliş borasida yakdil fikr bildirdi.












