Prezident yiğiliş kun tartibidagi ikkinçi masala – tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali soliq bazasini kengaytirişga töxtaldi.
Birinçi yarim yillikda respublikada soliq tuşumlari 76,3 trillion sömni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 107,5 foizga ösdi.
Uşbu davrda 2,3 trillion söm mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldirildi.
«Lekin, bu mavjud salohiyatimizdan ança kam. Tan oliş kerak – kundan kunga ösayotgan iqtisodiyotimizning samarasi budjet daromadlarida töliq körinmayapti.
Bu borada tadbirkorlarni ayblab bölmaydi. Buning uçun soliq idoralari öz dunyoqaraşini özgartirişi kerak.
Soliqçilar tadbirkorlarga pul undiriş nuqtayi nazaridan emas, balki ularni qöllab-quvvatlaş orqali östirib, soliq bazasini kengaytiriş manbayi sifatida qaraşi zarur», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda soliq tuşumlarining 60 foizini Yirik soliq tölovçilar inspeksiyasi elektron tizim orqali joyiga çiqmasdan undirayotgani, lekin viloyat va tuman soliq xodimlari xotirjam bölib ötirgani tanqid qilindi.
Misol uçun, bugungi kunda daromad soliği tölayotgan korxonalar soni 425 mingtani taşkil qilib, yil boşiga nisbatan 9 foizga kamaygan.
Ayniqsa, bunday korxonalar Xorazm va Qoraqalpoğistonda 20 foizga, Toşkent viloyatida 14 foiz, Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida 12 foizga kamaygan.
Yoki, joriy yilning beş oyida 40 ta tumanda tadbirkorlar daromadi deyarli özgarmagan, ayrimlarida hatto tuşib ketgan.
Şu bois, Qönğirot, Taxtaköpir, Uluğnor, Olot, Paxtakor, Namangan, Mingbuloq, Çust, Koson, Muborak, Dehqonobod, Urgut, Kattaqörğon, Nurobod, Muzrabot, Xiva, Xonqa, Kitob tumanlari hamda Buxoro, Kogon, Samarqand, Angren, Bekobod, Olmaliq, Nurafşon, Urganç şaharlari, jami 26 ta soliq idoralari rahbarlarini işdan olişga qaror qilindi.

Şu bilan birga, soliq idoralari qöşimça manbalar topiş örniga eski zamon kasaliga berilib, işlayotgan tadbirkorlarning tayyor mablağlarini undirişga örganib olgani qayd etildi.
Masalan, 2022 yilda tadbirkorlar tomonidan ortiqça tölangan soliqlar hajmi 320 milliard sömga oşib, 4,4 trillion söm bölgan.













