Rivojlangan davlatlarda çuqur örganilgan tahliliy ma’lumotlarning bozori şakllangan. Bu bozorda sotuvçilar – aql markazlari, buyurtmaçi-xaridorlar esa – davlat, jamoat taşkilotlari va yirik kompaniyalar. Özaro raqobatlaşadigan aql markazlari qaror qabul qiluvçilarning stoliga bir-biridan mustaqil, muqobil variantlardagi tahliliy xulosalar va yeçim-takliflarni qöya oladi. Albatta, arzon narxga emas.
Xöş, Özbekistonda bu borada holat qanday? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi bu galgi soni – aql markazlari haqida.
Mavzuni tahlil qiliş uçun studiyamizga soha mutaxassislari – “Bilim karvoni” tahlil markazi rahbari Farhod Tolipov, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti Tahliliy tadqiqotlar markazi direktori Sayfiddin Jörayev va siyosiy fanlar doktori Farhod Karimovni taklif etdik.
— Aql markazlarining jamiyat siyosiy ongini oşirişdagi örni qanday?
Sayfiddin Jörayev: Aql markazlarining dolzarb bölişiga sabab davr bilan boğliq. Masalan, sönggi 30 yilda dunyo böyiça, mamlakatimiz böyiça qarorlar qabul qiliş texnologiyasi juda qiyinlaşib ketdi. Yana bir tomondan, qarorlarning strategik ahamiyatga ega bölişi uçun soha professionallaşdi.

Tayyorlanayotgan qarorlar siyosiy vaziyatdan, jamiyatning istaklaridan kelib çiqyapti. Bu esa odamlarning siyosiy ongi oşganini körsatadi. Aql markazlarining qay darajada rivojlangani öşa yerda siyosiy ong, madaniyat qay darajada ekanini körsatadi.
Farhod Tolipov: Aql markazlari deb bekorga aytilmagan. Qay soha odami bölmasin, aqliy potensiali yuqori bölgan odamlar yiğiladi. Aql markazlari boşqa institutlardan farqli ravişda ixtiyoriy böladi va şu sabab informatsiyalar töplaş, tahlil etiş kabilarda mustaqil böladi. Mustaqil, erkin faoliyat yuritayotgan markazdan çiqayotgan tahlillar esa asosliroq, töğriroq böladi. Bu davlatning tahlil markazlarini kamsitiş emas, balki sohaning öziga xos bir jihati.

Aslida aql markazi degani ança keng tuşunça. Davlat tasarrufida bölgan tahlil bilan şuğullanuvçi markazlarni ham aql markazi deyiş mumkin. Stereotip sifatida kiçik bir guruhlarni tuşunamiz. Aql markazlari bekorga taşkil etilmagan, ular ham siyosiy jarayonlarga öz takliflarini berişni istaşadi. Ilmiy, akademik markazlar bunday maqsad qöymasligi mumkin, lekin aql markazlari maqsadli faoliyat olib boradi. Tahliliy materiallar tayyorlab borişadi va siyosiy doiralarga taqdim etişadi.











