Toşkent Kimyo xalqaro universiteti va uning Samarqand, Namangan şaharlaridagi filiallariga hujjatlar qabuli 2023 yilning 10 avgust sanasiga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz.

Röyxatdan ötiş uçun: https://admission.kiut.uz/

Mavjud yönalişlar, imtihon fanlari va şartnoma narxlari bilan tanişiş uçun: https://kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

Şuningdek, Toşkent Kimyo xalqaro universiteti va K.I.Satbayev nomidagi Qozoğiston milliy tadqiqot texnika universiteti bilan hamkorlikda “Kosmik texnologiyalar” mutaxassisligi böyiça bakalavriat dasturini yölga qöydi.

“Kosmik texnologiyalar” bakalavriat bitiruvçilari quyidagi yönalişlar böyiça mutaxassis bölişadi:

1. Raketa-kosmik komplekslarning ekspluatatsiyasi;

2. Sun’iy yöldoş aloqasi va radioeşittiriş uçun yerusti majmualarini ekspluatatsiya qiliş;

3. Kosmik kemalarni sinovdan ötkaziş va ballistik ta’minlaş texnologiyalari;

4. Raketa-kosmik komplekslar ekspluatatsiyasining ekologik xavfsizligi;

Öqiş muddati — 4 yil. 1- va 2-yil — Toşkentda, 3- va 4 — Olmaotada.

Amaliyot: Kosmik va aerokosmik sanoatdagi ixtisoslaştirilgan ilmiy va işlab çiqariş korxonalarida taşkil qilinadi.

Diplom: Öquv dasturi yakunida bitiruvçilar 2 ta namunadagi diplom egasi böladi.

− Toşkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro akkreditatsiyadan ötgan diplomi;

− K.I.Satbayev nomidagi Qozoğiston milliy tadqiqot texnika universitetining diplomi.

Öqitiş tillari: ingliz, rus, özbek.

Ta’lim turi: kunduzgi