Yaponiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Hatori Takaşi Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga taşrif buyurdi. Elçi universitetning öquv jarayonlari, tibbiyot klasteri va zamonaviy laboratoriyalar bilan tanişdi.

«Yaponiyada tuğiliş körsakiçining pasayib borişi sabab yuqori malakali çet ellik yoş mutaxassislarga talab ortmoqda. Şu bois biz köplab yoşlarni Yaponiyada işlaş imkoniyati bilan ta’minlaşga harakat qilyapmiz. Biroq Yaponiyada işlaş uçun birinçi navbatda yapon tilini biliş talab etiladi.

Bugun Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga taşrif davomida universitetda yapon tili darslari yölga qöyilgani va yaqin yillarda yapon tili fakulteti oçilişi rejalaştirilayotgani ma’lum qilindi. Bu esa yoşlarning Yaponiyada işga joylaşiş imkoniyatlarini oşiradi.

Şuningdek, universitet rahbariyati xalqaro va yaponiyalik malakali professorlarni jalb etayotgani tufayli yaqin yillarda Toşkent Kimyo xalqaro universitetidan köplab yuqori malakali mutaxassislar yetişib çiqişini kutiş mumkin deb öylayman», deydi elçi Hatori Takaşi.

Taşrif davomida yoşlarni zamonaviy kasblar böyiça tayyorlaş, ularni Yaponiyada işga joylaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Elçi özbekistonlik yoşlar uçun yapon tilini mukammal örganiş nafaqat iş topiş, balki xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritiş uçun muhim ekanini ta’kidladi.

Şuningdek, Yaponiya elçisi universitet huzurida taşkil etilgan yapon tili tögaragiga taşrif buyurdi va u yerda tahsil olayotgan özbek talabalari bilan yapon tilida muloqot olib bordi.

Taşrif davomida elçi Toşkent Kimyo xalqaro universiteti qoşida faoliyat olib borayotgan Kimyo University Hospital klinikasi bilan ham yaqindan tanişdi. U yerda taşkil etilgan zamonaviy öquv-amaliy laboratoriyalar, klinik amaliyot zallari hamda talabalarga möljallangan yangi yotoqxona binolarini közdan keçirdi. Ular orqali talabalarga yaratilgan keng amaliy imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Universitetning yapon tili öqituvçisi Ujiye Yuta özbek yoşlarining til örganiş salohiyatini yuqori baholadi:

«özbekistonlik yoşlar köp tilli muhitda ulğaygani bois çet tillarini, jumladan, yapon tilini örganişda yuqori qobiliyatga ega. Şu sababli ular yapon tilini tez va aniq talaffuz bilan özlaştira oladi. Biroq hozirgi kunda yoşlar köpinça telefon va ijtimoiy tarmoqlarga haddan taşqari köp vaqt ajratayotgani ularning til örganiş jarayoniga salbiy ta’sir körsatmoqda.