Britaniyaning Cable.co.uk naşri xabariga köra, Özbekiston dunyo böyiça keng polosali (simli) internet tezligi reytingida 24 poğona kötarildi va 131-örinni egallab turibdi.
Özbekistondagi simli internet tezligi 21,67 Mbit/s ekani qayd etilgan, bu eng yuqori tezlikka ega mamlakatlardan 10 barobar past.
Reytingga köra, eng yuqori tezlik Britaniyaning Jyersi oroli (264,52 Mbit/s), Lixtenşteyn (246,76 Mbit/s) va Makaoda (231,40 Mbit/s) qayd etilgan.
Eng past tezlik Afğoniston (1,71 Mbit/s), Yaman (1,79 Mbit/s) va Suriyada (2,30 Mbit/s).
Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Özbekiston keng polosali (simli) internet tezligi reytingida 24 poğona kötarilgani haqidagi xabarga izoh berarkan, «Albatta, Özbekistonni IT habga aylantiriş yölida internet tezligini oşiriş böyiça hali juda köp iş qilişimiz kerak», dedi.













