Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo hokimi bilan nizolaşgan sobiq maktab direktori bilan boğliq vaziyatni öz nazoratiga oldi.
“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan boğliq vaziyatni şaxsan öz nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda ma’muriy qamoq jazosidan ozod etildi.
Şu örinda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir şaxs öz muomala madaniyati bilan barçaga örnak bölişi lozimligini eslatib ötmoqçiman”, deya yozdi Umarova özining şaxsiy Telegram-kanalida.
Avvalroq xabar berilganidek, Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi 28-maktabda bir muddat direktor bölib işlagan Umida Tursunova 26 iyul kungi majlisda viloyat hokimi Uluğbek Qosimov bilan tortişgani ortidan qamoqqa olingan.













