Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023 yil uçun qöşimça partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida töliq şartnoma tuzildi, deya ma’lum qildi UzAuto Motors.

“4-5 avgust kunlari uşbu avtomobil modellarini xarid qiliş uçun 50 000 dan ortiq şartnoma imzolandi. Qolaversa, sizga şuni ma’lum qilamizki, şartnomalarning bir qismi böyiça tölov öz vaqtida, 7 kalendar kundan keyin amalga oşirilmasa, uşbu şartnomalar yana qayta kontraktatsiya uçun oçiq böladi”, – deyiladi xabarda.

Kompaniyaning keçagi e’lonida “işlab çiqariş liniyalarida amalga oşirilgan modernizatsiya işlari, şuningdek zavod faoliyati samaradorligining oşişi hisobiga” 2023 yilda qöşimça 50 ming dona avtomobil işlab çiqariş imkoni yaratilgani aytilgandi.

Avtomobillarga qöşimça opsiyalar qöşilib, narxlar oşirildi. Şu bilan birga, kompaniya savdoni işlab çiqariş jadvaliga moslaştirişi, bundan maqsad “avtomobillarni yetkazib beriş muddatini qisqartiriş” ekani ma’lum qilindi.

E’londan keyin, 4 avgust kuni oqşomdan boşlab Uzavtosavdo onlayn platformasi katta muammolar bilan işlay boşladi, 5 avgust kuni tongdan esa avtosalonlarda katta navbatlar, tiqilinç va janjallar yuzaga keldi.

Eslatib ötamiz, UzAuto Motors eng xaridorgir uçta modeli – Lacetti, Cobalt va Damas uçun şartnoma berişni 2022 yil dekabr oyi boşida töxtatgan edi.