Yangilangan komplektatsiyalar qöşimça opsiyalarga ega bölib, şuning hisobiga ularning narxi oşgan:
- Damas D2 DLX Style Plus: 92 204 000 söm
- Labo LB2 Plus: 91 669 000 söm
- Cobalt GS-Style Plus MT: 113 711 000 söm
- Cobalt GX-Style Plus AT: 134 294 000 söm
- Lacetti L-Style Plus MT CNG: 144 111 000 söm
- Lacetti L-Style Plus AT: 160 868 000 söm
Kun.uz kompaniya rasmiysidan olgan ma’lumotga köra, yuqoridagi narxlar QQS bilan körsatilgan.
“Şu bilan birga, avvaldan mavjud bölgan komplektatsiyalarning narxlari özgarişsiz qoladi”, – deyiladi kompaniya xabarida.
Rasmiy e’londa şartnoma beriş faqat yangi komplektatsiyalar uçun tiklangani aytilgan. UzAuto Motors matbuot xizmati Kun.uz savoliga javoban bunga qadar mavjud bölgan komplektatsiyalar sotuvi ham özgarmagan narxlar asosida boşlanganini bildirdi.
Ta’kidlanişiça, UzAuto Motors işlab çiqariş liniyalarida amalga oşirilgan modernizatsiya işlari, şuningdek zavod faoliyati samaradorligining oşişi hisobiga 2023 yilda qöşimça 50 000 dona avtomobil işlab çiqariş imkoni yaratilgan.
“Avtomobillarni yetkazib beriş muddatini qisqartiriş maqsadida kompaniya işlab çiqariş jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda”, deya qayd etilgan avtokorxona e’lonida.
Eslatib ötamiz, Cobalt va Lacetti sotuvi 2022 yil 8 dekabrdan, Damas va Labo sotuvi esa 13 dekabrdan boşlab töxtatilgan edi.
Bu modellarning narxlari oxirgi marta ötgan yili mart oyida oşirilgandi.
Nisbatan arzonroq modellar bölmiş Spark va Nexia-3 uçun şartnoma beriş esa 2022 yil avgustida qayta tiklanmaydigan bölib












