Yaqinda futbolçilik faoliyatini yakunlagan 45 yoşli sobiq darvozabon Italiya milliy jamoasida delegatsiya rahbari sifatida iş boşlaşini ma’lum qildi.
Buffonga qadar Roberto Mançini boş murabbiyligidagi Italiya milliy jamoasida delegatsiya rahbari sifatida Janluka Vialli işlagan edi. Italiyalik sobiq futbolçi 2022 yilning dekabr oyida öz lavozimini tark etgan, bir oy ötib, 2023 yilning yanvarida uzoq davom etgan kasallik tufayli hayotdan köz yumgandi.
2010 yil Buffon Italiya milliy jamoasi sardoriga aylangan bölsa, 2018 yilda milliy jamoadan ketişini e’lon qilgandi.
U faoliyati davomida 5ta jahon çempionatida (1998, 2002, 2006, 2010, 2014) qatnaşgan. 2006 yil Germaniyada ötgan mundialda boş sovringa ega çiqib, turnirning eng yaxşi darvozaboniga aylangandi.












