Muxolifatçi Aleksey Navalniy «ekstremizm» işi böyiça hukm e’lon qilinganidan söng darhol 14 kunga jazo kamerasiga (JIZO) jönatildi. Bu haqda 7 avgust, duşanba kuni siyosatçining matbuot kotibi Kira Yarmiş Twitter’da ma’lum qildi va bu çora unga nisbatan 18-marta qöllanganini ta’kidladi.
Hukm e’lon qilinişidan oldin ham Navalniy jazo kamerasida saqlangan, deya eslaydi Yarmiş. Uning hisob-kitoblariga köra, u yerda bölgan umumiy muddat 207 kunni taşkil etgan. Navalniy birinçi marta 2022 yilning 15 avgustida, Vladimir viloyati, Melexovo qişloğidagi 6-sonli qattiq tartibli koloniyaga ötkazilganidan köp ötmay, jazo kamerasiga joylaştirilgan edi.
4 avgust kuni Moskva şahar sudi Melexovodagi IK-6da bölib ötgan sayyor majlisda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi («FBK») asosçisini 19 yilga «maxsus rejimdagi» koloniyaga hukm qildi. Bundan taşqari, Navalniy 500 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi, ozodlikka çiqqanidan keyin 3 yilga erkinligi çeklanadi, 10 yil davomida internetda murojaat va boşqa materiallarni çop etişi taqiqlandi.
Siyosatçi Jinoyat kodeksining olti moddasi böyiça yetti epizodda ayblangan: ekstremistik hamjamiyat yaratiş, ekstremizmga ommaviy çaqiriqlar, fuqarolarning huquqlarini buzuvçi notijorat taşkilot tuziş, ekstremistik harakatlarni moliyalaştiriş, şuningdek, voyaga yetmaganlarni xavfli harakatlarga jalb etiş va natsizmni reabilitatsiya qiliş. Uşbu epizodlar böyiça sud jarayonlari 2023 yil may oyida boşlangan.












