Erkin Erkamoviç Rustamov xalq deputatlari Zangiota tumani kengaşi qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi. 

Erkin Rustamov 1984 yili Toşkent viloyati Böstonliq tumanida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005 yil Toşkent davlat texnika universitetining  bakalavr hamda 2007 yil mazkur oliygohning magistratura bosqiçini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.

Zangiota tumanining oldingi hokimi, bu lavozimda 2017 yil iyulidan buyon işlab kelgan Abduvahob Tamiqayev 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yiğilişda öndan ortiq tuman va şahar hokimlari qatorida işdan olingandi.

Zangiota tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev iştirok etdi va tanqidiy-tahliliy nutq sözladi.

Viloyat hokimi öz sözida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş masalalari, bu borada yöl qöyilgan xato-kamçiliklarga töxtaldi.

Xususan, tumanda 15 ming aholi çetda, iş izlab, sarson bölib yurgani ta’kidlandi. Hududda iş örinlari yaratilayotgan bölsa-da, Zangiotadek salohiyatli joyda vaziyat maqtanarli emasligi qayd etildi.

«Tumanda 93 ta ğallaçilik fermer xöjaligi bor. 29-30 sentner hosil bera olmay, 10 dan ortiq fermer rejani bajarmadi. Bu nima degan gap? Umuman, tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi böyiça örinbosari öz lavozimiga loyiqligini örganiş kerak. Zangiotada yer uvol bölayapti, yer sotişga mukkasidan ketgan hamma.

Maktab va maktabgaça ta’lim bugun davlat siyosati. Zangiotada bugun 5800 nafar bola uçun boğçada joy yöq, tumanda qamrov atigi 51,8 foizni taşkil etadi. Ta’limga mas’ul rahbarlar faoliyatiga deputatlar baho berişi lozim, deb öylayman.

Umuman, tumanning barça taşkilotlari rahbarlarining lavozimiga loyiq yoki loyiq emasligini jiddiy öylab köriş lozim.

Tumanda aholi murojaatlari bilan işlaş mutlaqo qoniqarsiz. Bugun muddati ötib ketgan 100 dan ortiq murojaatlar bor. Murojaatlar bilan işlaş böyiça zanjir bor: arizani aylanib-aylanib mahalla raisiga yuboriş odati paydo bölgan.