Qora dengiz ğalla taşabbusining taqdiri Ğarbga boğliq. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 8 avgust, seşanba kuni Turkiya elçilarining Anqaradagi yillik konferensiyasida aytdi. Uruş davrida Qora dengiz portlari orqali Ukraina donini eksport qilişga ruxsat bergan «don kelişuvi»ning qayta tiklanişi «bu va’dalarni bajarişi kerak bölgan Ğarb davlatlariga boğliq», deya Turkiya rahbarining sözlaridan iqtibos keltiradi AFP axborot agentligi.

Şu bilan birga, Erdöğan Ğarbni «Qora dengiz ğalla taşabbusi yaratgan ijobiy muhitni öt oçişni töxtatişga, keyinçalik esa uzoq muddatli sulhga aylantirişga imkon beradigan» çoralar körmagani uçun qoraladi. 

Ayni vaqtda, Turkiya davlati rahbari öz mamlakatining pozitsiyasi «aniq» ekanini ta’kidladi. Agar uruş Qora dengizga tarqalib ketsa, bu butun mintaqa uçun falokat böladi, dedi Erdöğan. Biroq, «yeçim» topiş mumkin, deya qöşimça qildi u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda bölgan telefon suhbatiga işora qilib. Bu suhbat çoğida aytilgan «Moskva talablari» inobatga olindi, dedi Erdöğan boşqa tafsilotlarni oçiqlamasdan. 

«Ğalla bitimi» bekor qilinişidan oldin, Moskva kelişuvning Rossiya öğitlarini eksport qiliş böyiça qismi bajarilmayotganidan bir neça bor noroziligini bildirgan. Şu bilan birga, Kreml Ğarbni tanqid qildi, uning kuzatuvlariga köra, Ukraina donining katta qismi oçlikdan aziyat çekayotgan mamlakatlarga yuborilmaydi, balki Ğarb bozorlarida qolmoqda.