Noma’lum xaridor Ukrainaga yuborish uchun 50 ta Leopard 1 tanklarini sotib oldi
Bu texnikalar avval Belgiya armiyasi ixtiyorida bo‘lgan, bir necha yil oldin foydalanishdan chiqarilgan va kompaniyalardan biriga metallolom narxida sotib yuborilgandi.

Foto: imago/Eckehard Schulz
Belgiyadan Ukrainaga nomi oshkor etilmagan davlat tomonidan sotib olingan dastlabki Leopard 1 tanklari yuborildi. Bu haqda Belgiyadagi Business AM nashri xabar tarqatdi.
50 tank bir necha yil muqaddam foydalanishdan chiqarilgan va Turne shahridagi omborxonada saqlanayotgandi. Belgiya ularni Ukrainaga berishni rejalashtirmagandi, chunki ularni xizmatga yaroqli holatga keltirish juda qimmatga tushardi.
Business AM nashri yozishicha, Belgiya tanklarning donasini 15 ming yevrodan baholab OIP Systems kompaniyasiga sotib yuborgandi. Nashrning izohlashicha, Belgiya armiyasida foydalanishdan chiqarilgan texnikalarni joylashtirish uchun angarlar yetarli emasdi, shuning uchun tanklar metallolom sifatida, demping narxlar bo‘yicha sotilgan.
Endilikda OIP tomonidan ta’mirlangan tanklarni boshqa mamlakat sotib olgan, ammo aynan qaysi mamlakat ekani — noma’lum. Ta’mirlash ishlaridan keyin dastlabki Leopard tanklari Germaniya va Italiya orqali Ukrainaga yuborilmoqda. Bu mamlakatlarda tanklar zamonaviy qurollar bilan jihozlanadi.
Business AM nashri hozircha faqat Germaniya, Daniya va Niderlandiya sanoat korxonalaridan xarid qilingan Leopard 1 tanklarni Ukrainaga berishini e’lon qilganini eslatgan.
Handelsblatt ma’lumotiga ko‘ra, 50 ta Leopard 1 tanklari nemislarning Rheinmetall kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Kompaniya ularni qayta jiholab, keyin Kiyevga jo‘natishni rejalashtirgan. Yakunda Ukraina bu 50 ta tankdan 30 ga yaqinini jangovar holatda olishi mumkin.
- 8 avgust kuni AQSh Ukrainaga Abrams tanklarining dastlabki partiyasini yuborishni ma’qulladi. Ular Ukraina hududiga kuz boshlarida yetib borishi kutilmoqda. Vashington Kiyevga bunday tanklardan jami 31 tasini yetkazib berishni mo‘ljallagan.
- Iyul oyi o‘rtalarida Germaniya Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi partiyasi yetkazib berilgani haqida ma’lum qilgandi, yetkazilgan qurol-yarog‘lar qatorida — o‘nta Leopard 1 A5 tanki ham bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

21:20 / 22.05.2025
Konstantinovka uchun jang: nega aynan shu shahar rossiyaliklarning asosiy nishoni bo‘lishi mumkin?

20:36 / 22.05.2025
Rossiya qo‘shinlari bufer zona yaratish muammosini hal qilmoqda – Putin

18:56 / 22.05.2025
Ukraina ikki kun ichida Rossiya bo‘ylab 500 ga yaqin dron uchirdi

16:20 / 22.05.2025