Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq banki va Osiyo taraqqiyot banki “yashil moliyalashtirish” bo‘yicha hamkorlik bitimini imzoladi

Xalq banki va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “yashil moliyalashtirish” tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash texnik ko‘magi doirasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur bitim Xalq bankida energiya tejovchi texnologiyalar, bankning uzoq muddatli strategiyasiga mos keladigan "yashil moliyalashtirish mahsulotlari"ni joriy etishga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda, “yashil moliyalashtirish" uchun moliyaviy resurslarni safarbar qilishda bankning institutsional salohiyatini oshirish ham maqsad qilingan.

Xalq bankining uzoq muddatli strategiyasida mamlakatda barqaror "yashil moliyalash" tizimini joriy qilish va bu bilan aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlarining energiya tejovchi texnologiyalarga investitsiya qilish orqali ularning ekologik muammolarni bartaraf etishdagi hissasini oshirish belgilangan.
Osiyo taraqqiyot banki bu maqsadga erishish dasturini ishlab chiqish va loyihani joriy qilishda Xalq bankiga har tomonlama ko‘mak beradi.
Aloqa markazi: 71 2102002 | 1106
Reklama
Mavzuga oid
17:00 / 07.05.2026
Xalq banki Mastercard bilan strategik hamkorlikni kuchaytirdi
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:53 / 27.02.2026