Payme va foydalanuvchilari o‘quvchilarga maktab sumkalari va to‘plamlarini sovg‘a qiladi hamda barchani ushbu tashabbusga qo‘shilishga chorlaydi
«Payme Mahalla» platformasida Namangan, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim olayotgan maktab o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikkita muhim missiya start olmoqda.
Payme o‘z foydalanuvchilarini, shuningdek, boshqa kompaniyalarni ushbu tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga chaqiradi.
Birinchi missiya Namangan viloyatidagi uchta maktabni sport uskunalari bilan jihozlashdan iborat. Buning natijasida 3 mingdan ko‘proq o‘quvchi jismoniy tarbiya bilan faol shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi.
«Payme Mahalla» dasturining ikkinchi missiyasi Xorazm, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktablarning boshlang‘ich va katta sinf o‘quvchilariga ryukzaklar va o‘quv anjomlarini sovg‘a qilishni o‘z ichiga oladi. Ushbu tashabbus doirasida turli yoshdagi maktab bolalari uchun o‘quv yili boshlanishi arafasida muhim anjomlar xarid qilinadi. Missiyalar “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
«Payme Mahalla» bu – Payme ilovasida to‘lovlardan yig‘ilgan ballar yordamida ijtimoiy muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoni. Ushbu dastur bilan har bir foydalanuvchi muhim hayotiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
Ishtirok etish uchun:
- Payme ilovasiga kirib, asosiy ekrandagi «Payme Mahalla» bannerini bosing.
- Missiyani tanlab, to‘lov va o‘tkazmalar evaziga yig‘ilgan ballar bilan istalgan miqdordagi to‘lovni amalga oshiring.
«Payme Mahalla» — ezgu ishlar qilish uchun qulay platforma.
Kompaniya ushbu ulkan xayrli ishni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiradi!
Payme ilovasini iOS va Android platformalarida yuklab olish mumkin.
Instagram: @payme.uz
Facebook: fb.com/payme.uz
Telegram: t.me/payme_uz
Jamoat fondi: ona_foundation
Reklama
Mavzuga oid
12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi
18:57 / 22.01.2024
“Pul va vaqtimni yo‘qotyapman”: qanday qilib xarajatlarni kamaytirib, to‘lovlar vaqtini tejash mumkin?
19:00 / 28.11.2023
Payme Business yangi oflayn biznes hamkorlari uchun 6 oylik bepul xizmatni taklif etadi
17:17 / 17.10.2023