Payme yangi özgarişni e’lon qildi — ilova orqali şaxsni tasdiqlaş. Yangi funksiya raqamli xizmatlar foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qilişga qaratilgan davlat dasturi doirasida joriy qilindi.
2025 yil 7 fevraldan boşlab, Payme’da yangi foydalanuvçilar va parolni tiklaganlarning şaxsini tasdiqlaş majburiy böldi. Payme ekspertlari bu jarayon qanday işlaşini va nima qiliş kerakligini tuşuntirdi.
Nima uçun bu muhim?
Şaxsni tasdiqlaş bu — fintex-xizmatlar uçun jahon miqyosidagi standart amaliyot. Şaxsni tasdiqlaş ilovani yanada xavfsiz va işonçli işlatişni ta’minlaydi. Şuningdek, bu tadbirlar Özbekiston prezidentining qarorini bajariş uçun işlab çiqilgan "yöl xaritasi"da belgilangan. Şaxsni tasdiqlaş orqali onlayn-servislar akkauntga kirgan şaxsni aniqlaydi.
Qaçon şaxsni tasdiqlaş kerak?
· Yangidan akkauntni röyxatdan ötkazganda;
· Parolni tiklaşda, agar avval şaxsni tasdiqlaş ötkazilmagan bölsa;
· Smartfonni özgartirganda.
Şaxsni tasdiqlaşsiz faqat balansni köriş mumkin, tölovlar va ötkazmalar töxtatilgan böladi. Agar şaxsni tasdiqlaş oldin unutilib ötkazilgan bölsa, parolni tiklaş yoki yangi qurilma orqali kirişda faqat autentifikatsiya — yuzni skanerlaş kerak böladi.
Şaxsni tasdiqlaşdan qanday ötiş mumkin?
1. Payme ilovaga kiring.
2. "Profil" bölimiga öting va "Identifikatsiyani ötiş" tugmasini bosing.
3. Pasport ma’lumotlarini kiriting.
4. Yuzni skanerlaşni amalga oşiring.
Agar pasport yoki ID-karta bölmasa nima qiliş kerak?
Şaxsni tasdiqlaş uçun hujjat özingizda bölişi şart emas. Hujjat ma’lumotlarini topiş kifoya. Masalan, telefonning fotogalereyasi yoki eslatmalarda. Şuningdek, MySoliq, MyID va MyGov ilova va dasturlarida ham öz ma’lumotlaringizni topişingiz mumkin. Hatto ba’zi mobil operatorlarining dasturlarida ham hujjat ma’lumotlarini köriş mumkin.
Agar tasdiqlaş jarayonida muammolar yuzaga kelsa nima qiliş kerak?
















