«Tottenhem» hujumçisi Harri Keyn «Bavariya»ga ötişga rozilik berdi. Bu ma’lumotni insayder Fabritsio Romano tasdiqladi.

Uning ma’lumotiga köra, «şporlar» forvard uçun 100 million yevro oladi, yana 20 million yevro miqdorida bonuslar közda tutilgan.

30 yoşli angliyalik futbolçi myunxenliklar klubi bilan 4 yillik şartnoma imzolaydi. Bugun u Germaniyaga yöl olib, tibbiy körikdan ötadi. 

Şu tariqa, 30 yoşli hujumçi ilk bor xorij çempionatida öynab köradi.

Insayder Florian Plettenbergga köra, Keyn «Bavariya» safida 12 avgust kuni Germaniya Superkubogi uçun «RB Leypsig» klubiga qarşi keçadigan öyindayoq maydonga tuşişni istamoqda.

Avvalroq jurnalist Mettyu Lou Keyn myunxenliklar rahbariyati uçun dedlayn belgilagani xabar qilingandi.

2022/23 yillar mavsumida uşbu forvard londonliklar safida 49 öyin ötkazib, 32 gol urgan va 5 golga uzatma bergandi. Uning klub bilan hozirgi şartnomasi keyingi yil yozigaça tuzilgandi.