«Liverpul» «Brayton» yarimhimoyaçisi Moyses Kaysedo uçun 127 million yevro (110 million funt sterling) miqdorida taklif bergani haqida bir vaqtda ikki işonçli manba xabar berdi — The Athletic naşri va insayder Fabritsio Romano.
Qayd etilişiça, «Brayton» taklifni qabul qilgan va barçasi reja böyiça keçsa, transfer 11 avgust kuniyoq e’lon qilinadi.
Bu transfer Angliya klublari uçun rekord darajada böladi. Şu yil yanvarida «Çelsi» «Benfika» havbeki Enso Fernandes transferi uçun 121 million yevro tölagandi.
2022/23 yillar mavsumida Kaysedo jamoasi uçun barça turnirlar doirasida 43 öyin ötkazgan, 1 gol urgan va 1 golga uzatma bergan.
21 yoşli ekvadorlikning «Brayton» bilan şartnomasi 2027 yil yoziga qadar tuzilgandi. Transfermarkt portali futbolçi transferini 75 million yevroga baholagandi.












