Sobiq «Ummon» guruhi sobiq xonandasi Zohid Risqiyevga oid jinoyat işi körib çiqildi. Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 9 avgustdagi hukmiga köra, u JK 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybdor deb topilgan.

Unga 3 yil transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Xonandaga nisbatan JK 72-moddasi (şartli hukm qiliş) qöllangan hamda tayinlangan jazoni şartli deb hisoblab, 2 yil sinov muddati belgilangan.

Sud Zohid Risqiyevga jazo tayinlaşda, uning aybiga iqror bölib, qilmişidan puşaymonligini, jabrlanuvçining qonuniy vakili va jabrlanuvçilarning da’vosi yöqligi, ularning sudlanuvçiga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaşni sörab bergan fikrini, sudlanuvçining soğliği oğir ahvolda ekanligini inobatga olgan. Şu sababli unga nisbatan tayinlanayotgan ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötamasdan turib ham uni xulqini nazorat qiliş orqali tuzatiş mumkin degan fikrga kelib, tayinlanayotgan jazoni şartli deb hisoblaş hamda sinov muddati belgilaşni maqsadga muvofiq deb hisoblagan.

Bundan taşqari, jabrlanuvçining qonuniy vakili va jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undiriş masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qiliş huquqi mavjudligi tuşuntirildi.

  • Eslatib ötamiz, 2022 yil 29 sentabrda Yunusobod tumanida joylaşgan Mega Planet savdo markazi yaqinida Zohid Risqiyev boşqaruvidagi avtomobil YTHga uçragan edi. Natijada uning özi va ikki hamrohi şifoxonaga yotqizilgan, maşinada bölgan yana bir kişi esa voqea joyida vafot etgandi.
  • Xonanda ma’lum vaqt jonlantiriş bölimida yotgan, SSV uning ahvoli oğirligi haqida ma’lum qilgandi.