Havayidagi Maui orolida sodir bölgan örmon yonğinlari kamida 67 kişining hayotiga zomin böldi, deb xabar berdi 11 avgust, juma kuni mahalliy hukumat.

Şahar meri Riçard Bissenning sözlariga köra, qutqaruvçilar hali ham jasadlari köçada topilgan halok bölganlar sonini aniqlaştirmoqda, favqulodda xizmatlar hali yonib ketgan binolarni tekşirişni boşlamagan. Qutqaruvçilar yonğinni öçirişda davom etmoqda. Yonğin 1900 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. 11 mingga yaqin odam elektr energiyasiz qoldi.

Havayi tarixidagi eng yirik tabiiy ofatlardan biri

Maui orolidagi yonğinlar 8 avgust kuni boşlangan. Rasmiylarga köra, yonğinning tez tarqalişi arxipelagdan janubga yöl olgan «Dora» töfoni bilan boğliq bölişi mumkin. Tezligi 130 km/soatgaça bölgan kuçli şamol tufayli alanga tez tarqaldi, ogohlantiriş tizimlari töğri işlamadi. Yonğinlarning aniq sabablari hozirça aniqlanmagan.

AQŞ prezidenti Jo Bayden 10 avgust kuni Havayini tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi va arxipelagning jabrlangan hududlariga federal yordam ajratişga çaqirdi. Mahalliy hukumat hozirgi yonğinlarni orollar tarixidagi eng dahşatli tabiiy ofatlardan biri deb atamoqda. Zararni bartaraf etiş uçun köp yillar va milliardlab dollar kerak böladi, deya ma’lum qildi ular.