Amerikaning Google LLC konserni 10 avgustga ötar keçasi Google Workspace (poçta, «Google Hujjatlar», «Google Disk») korporativ xizmatlarini Rossiyaning bir qator kompaniyalari uçun blokladi. Bu haqda 11 avgust, juma kuni «Kommersant» gazetasi ikki yirik IT-kompaniyadagi manbalariga tayanib xabar berdi. Uning versiyasiga köra, gap sanksiyalar röyxatiga kiritilgan şaxslar haqida ketmoqda. Naşr manbalaridan birining işontirişiça, Amerika kompaniyasi blokni «spam-xabarlar» bilan izohlagan. 

Asosan kiçik va örta biznes kompaniyalari

Ayni paytda, korporativ mijozlar Google xizmatlari bilan boğliq masalalar böyiça tez-tez murojaat qiladigan Softline’da bloklaşlar soni köpaymagani ma’lum qilindi. 

Mutaxassislarning fikriça, Google korporativ xizmatlaridan asosan, buni kiberxavfsizlik tamoyillariga zid deb hisoblagan Rossiyaning yirik bizneslaridan farqli ravişda, kiçik va örta biznesi foydalanadi.

«Sönggi paytlarda heç qanday özgariş bölmagan»

Şu fonda Google’dagi TASS manbasi korporatsiya yaqinda Rossiyada Google Workspace xizmatlaridan foydalanişga özgartirişlar kiritilmaganini, ammo foydalaniş şartlari buzilgan taqdirda bu yuz berişi mumkinligini aytdi. «Vaziyatni tuşuniş qiyin, çunki Google qaysi ikki kompaniya zarar körganini bilmayapti», — dedi manba. «Biz Rossiyada mavjud Google Workspace xizmatlariga kirişda sönggi özgarişlar bölmaganini tasdiqlaşimiz mumkin», — deya qöşimça qildi u.

Iyun oyida Moskvaning Presnenskiy tuman sudi Google brendiga egalik qiluvçi Alphabet Inc. Rossiyada 4 milliard rubl (47 million dollar) jarima tölaşi kerakligi haqida qaror çiqardi. Qaror Google LLC Rossiya Federal monopoliyaga qarşi xizmati qarori böyiça oldingi jarimani öz vaqtida tölamagani munosabati bilan qabul qilingan.