Xalqaro sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga özining «Dilbar» yaxtasida ötkazilgan tintuvlar yuzasidan da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Die Welt yozdi.

Qayd qilinişiça, Usmonov bu tintuvlarni inson qadr-qimmatiga tajovuz va uy-joy daxlsizligi huquqini buziş deb hisoblamoqda.

Bundan taşqari, tadbirkor da’vosida öziga qarşi sanksiyalar qöllaş uçun «asoslar yöqligi»ni, şuningdek, sanksiyalar röyxatiga kiritilganidan söng, öz aktivlari haqida xabar berişi lozimligi haqidagi qonunning «konstitutsiyaga zid» ekanini körsatgan. Usmonovning fikriga köra, qonundagi uşbu band «öziga özi guvohlik bermaslik» töğrisidagi huquqni poymol etadi.

2022 yil sentabrida Germaniya huquq-tartibot idoralari tergovçilari Alişer Usmonovga aloqador bölgan 24 ta obektda tintuv ötkazdi. Xususan, tintuvlar Tegernzeye kölidagi villada va «Dilbar» yaxtasida ötkazildi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, tintuvlar davomida umumiy qiymati beş million yevroga teng 30 ta surat va hujjatlar olib qöyilgan.

2023 yil may oyida Frankfurt sudi pul yuviş bilan boğliq iş böyiça Usmonovning uyida ötkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi. Şu bilan birga, Der Spiegel naşri bir iş böyiça tintuvning noqonuniyligini tan oliş tadbirkorning hibsga olingan mol-mulkini qaytariş uçun asos bölmasligini ta’kidladi. Çunki tintuvlar bir neçta jinoiy işlar doirasida ötkazilgan. Jumladan, Usmonov sanksiyalarni buziş va soliq tölaşdan böyin tovlaşda ham gumonlanmoqda.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Alişer Usmonov boşqa köplab rossiyalik tadbirkor va siyosatçilar singari Yevropa Ittifoqi, şuningdek, AQŞ, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boşqa mamlakatlarning sanksiyalari ostida qoldi. Usmonov Yevropa sanksiyalarini sud orqali bekor qilinişiga erişmoqçi.