O‘zbekiston | 17:55 / 13.08.2023
11540
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16 avgust kuni o‘tkaziladi

Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
1-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishi mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Mavzuga oid