“Zakovat”ning birinchi Osiyo ochiq chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. G‘olib jamoalarga jami  200 mln so‘m mukofot puli hamda maxsus kubog topshirildi. Endi intellektual o‘yinning jahon chempionati bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

12-13 avgust kunlari Toshkentda “Zakovat” intellektual o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan yirik turnirda O‘zbekiston, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa qatnashdi, jami ishtirokchilar soni 300 nafardan ortiq.  

Avval xabar berganimizdek, turnirning birinchi kuni “Zakovat Arena”sida 6 ta tur doirasida tashkil etildi. Har bir tur uchun 15 ta savol berildi. Sportcha va breyn-ring shaklida o‘tgan har ikki o‘yinning eng kuchli jamoalari saralab olinib, sovrindorlar aniqlandi.  

13 avgust kuni “O‘zbekfilm” binosida chempionatning yopilish marosimi doirasida 3 ta jamoa mukofotlandi. Sport versiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni olgan Rossiyaning “Eclipse” jamoasiga 100 mln so‘m, ikkinchi o‘rin egasi Rossiya va Qozog‘istonning “Basenji” jamoasiga 60 mln so‘m, uchinchi o‘rin egasi Rossiyaning “Borskiy korabl” jamoasiga esa 40 mln so‘m berildi.  

Yopilish marosimi davomida O‘zbekiston chempioni “Misteriya

 va “Basenji” (Rossiya-Qozog‘iston) jamoalari “breyn-ring” o‘yinining finalida qatnashishdi. 2 ta tur doirasida 9 tadan savol berildi. 

Qiziq ma’lumot, o‘yin boshlanishidan avval mashhur boshlovchi, turnir koordinatori Yan Sadovskiy “Basenji” jamoasiga yuzlanib, jamoa a’zolaridan biri Dmitriy Yefrenov asli o‘zbekistonlik ekani, Nukusda tavallud topgani haqida ma’lumot berib, har qanday holatda ham finalni baribir o‘zbeklar yutishini hazilomuz aytdi. 

“Basenji” jamoasi 2 ta turda ham ustunlik bilan g‘olib deb topildi va ularga tantanali ravishda maxsus kubog topshirildi. 

“Jamoamiz “Zakovatga” kelish uchun maxsus saralanib, tayyorlandi. Turnir tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada fantastik o‘tdi. Men o‘zim bunday o‘yinlarda 30 yildan beri qatnashib kelaman. Ko‘ryapman-ku, bu tanlov maksimal ravishda yuqori darajada tashkil etildi. Buning uchun O‘zbekistonga o‘z minnatdorligimni bildiraman, vaqtimiz juda yaxshi o‘tdi. Emotsiyalarimizni tasvirlab berolmayman, buning ustiga so‘z lug‘atim ham 3 martaga boyidi. Tashkilotchilarga yana bir bor rahmat, bu fantastik bo‘ldi”, –