Havayidagi Maui va Katta orollaridagi yirik örmon yonğinlari bilan boğliq vaziyat asta-sekin barqarorlaşmoqda: tabiiy yonğin markazlarining aksariyati mahalliylaştirildi va uning keyingi tarqalişi nazorat ostiga olindi. Bu haqda 13 avgust kuni keçki payt AQŞning Havayi ştati rasmiylari yonğinlarga qarşi kuraşda muvaffaqiyatga erişilganini ta’kidlab, ma’lum qildi.

Maui ğarbidagi Laxayna şahri atrofida kuzatilayotgan ayniqsa kuçli yonğin hozirda 90 foizga örab olingan, içkarida, Kula şahri yaqinida esa yonğin töliq öçirilgan.

14 avgust kuni ertalabki holatga köra, 8 avgust, seşanba kunidan beri orollarni qamrab olgan yonğin qurbonlari 96 nafarga yetgani tasdiqlangan. 2200 dan ortiq bino vayron bölgan, ularning deyarli 90 foizi turar joy inşootlari. Yonğin natijasida 850 gektardan ortiq maydon yonib ketgan. AQŞ matbuotiga köra, bu yonğinlar sönggi 100 yil içida AQŞ tarixidagi eng dahşatli tabiiy ofatga aylandi. Favqulodda vaziyatlarni boşqariş böyiça federal agentlik (FEMA) dastlabki hisob-kitoblariga köra, birgina Laxaynani qayta tiklaş 5,5 milliard dollarga tuşadi.

Havayidagi yonğinlar: şok va yöqotişlar

FEMA 12 avgust, şanba kuni ma’lum qilişiça, hozirda önga yaqin federal agentliklar yonğindan jabrlanganlarga yordam beriş ustida işlamoqda. 150 kişi, jumladan qidiruv-qutqaruv guruhlari allaqaçon Mauida va yana köplari yölda, deya qöşimça qildi agentlik. 

«Biz şok va yöqotiş holatidamiz», dedi yakşanba kuni CNN telekanalida Havayi ştatidan senator Mazi Xirono. Havayi gubernatori Joş Grin rasmiylar yonğin xavfi haqida odamlarni keç xabardor qiliş masalasi böyiça birgalikda tekşiruv ötkazişini ma’lum qildi. Reuters xabariga köra, trevoga signalini beruvçi sirenalar işlamagan. 

Yonğinlarning aniq sabablari hozirça aniqlanmadi

Havayi rasmiylariga köra, yonğinlar arxipelagdan janubga qarab harakatlanayotgan «Dora» töfoni bilan boğliq bölişi mumkin. Tezligi 130 km/soatga yetgan kuçli şamol ta’sirida alanga tezda quruq öt va binolarga tarqalgan. Biroq yonğinlarning aniq sabablari hozirça aniqlanmadi. 

Qutqaruv işlarini, şuningdek, Laxayna şahrining şimoliy va janubiy qismlariga faqat katta kiriş yöli orqali yetib boriş mumkinligi ham qiyinlaştirdi. Mahalliy energetika kompaniyasi ham elektr ta’minotini öz vaqtida öçirmagani, yuqori voltli simlarning qulaşi yangi yonğinlarni keltirib çiqargan bölişi mumkinligi uçun tanqid qilindi.