«Özbekneftgaz»ning UNG Petro AYoQŞlarida AI-92 markali benzin narxi 8600 sömdan 9200 sömga kötarildi.
Kompaniya axborot xizmatining Kun.uz’ga izoh berişiça, bu mart oyidan buyon amal qilib kelgan çegirma muddatining tugaşi bilan boğliq.
Navröz bayrami arafasida e’lon qilingan çegirma 1 maygaça davom etişi belgilangan, lekin keyin uni bekor qiliş noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Öşanda Energetika vazirligi çegirma muddatini uzaytirib, may oyi içida narx 7500 sömdan ham arzonlaşişi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Lekin amalda bunday bölmadi.
Eslatib ötamiz, AI-92 benzini vaqtinça aksiyadan oldin 9000 sömdan yuqori narxda sotilayotgandi.












