«Al-Hilol» klubi «PSJ» hujumçisi Neymar Saudiya Arabistoni çempionatiga köçib ötganini rasman e’lon qildi.
Avvalroq, braziliyalik futbolçi va «Al-Hilol» rahbariyati 2 yillik şartnoma masalasida kelişuvga erişgani, unga köra, Neymar Ar-Riyod klubida 2 yil uçun 160 million yevro maoş olişi xabar qilingandi. «Al-Hilol» klubi Neymar transferi uçun «PSJ» hisob raqamiga bonuslar bilan hisoblaganda qariyb 120 million yevro ötkazadi.
🎬 “O talento maravilhoso… que atrai a atenção de todos” @neymarjr 💙#نيمار_هلالي #الهلال pic.twitter.com/TTzADrVGJJ
— نادي الهلال السعودي (@Alhilal_FC) August 15, 2023
Ma’lumot uçun, Neymar ötgan mavsum Fransiya çempionatida 20 öyinda 13ta gol va 11ta assist qayd etgandi. U Parij klubiga 2017 yil rekord – 222 mln yevro evaziga «Barselona»dan kelib qöşilgandi.












