AQŞning Havayi ştatidagi Maui orolida sodir bölgan örmon yonğinlari qurbonlari soni 100 kişidan oşdi. «101 kişi halok böldi», dedi 15 avgust, seşanba kuni gubernator Joş Grin.
Unga köra, tabiiy ofat hududining törtdan bir qismidan köproği örganilgan. Qutqaruvçilar yonib ketgan uylarning kullarini örganib çiqmoqda, maxsus öqitilgan itlar esa jasad qoldiqlarini qidirişda yordam bermoqda. Grin yana qurbonlar soni ança yuqori bölişi va yaqin kunlarda ikki yoki uç baravar oşişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
AQŞda sönggi yuz yildagi eng halokatli yonğin
Maui orolida bir hafta oldin sodir bölgan yonğin AQŞda sönggi yuz yildagi eng halokatli fojia deb atalyapti. Tabiiy ofat tarixiy Laxayna şahrini vayron qildi: 2200 ta bino, asosan turar joy binolari butunlay yonib ketgan yoki şikastlangan, 850 gektar yer yonib kul bölgan. Favqulodda vaziyatlarni boşqariş böyiça federal agentlik Laxaynani tiklaş 5,5 milliard dollarga tuşişini taxmin qilmoqda.
AQŞ rasmiylarining fikriça, Maui orolidagi örmon yonğinining halokatli oqibatlari bir qator omillar, jumladan aloqa tizimidagi uzilişlar va tezligi soatiga 130 kmga yetgan kuçli şamollar bilan boğliq.
Gubernator Joş Grin va Havayi ştati boş prokurori Anne Lopez aholi yonğin xavfi haqida öz vaqtida ogohlantirilganmi yoki yöqligini körib çiqişini ma’lum qildi. Reuters xabariga köra, yonğin sodir bölganda trevoga signali beruvçi sirenalar işlamagan. Uyali aloqa tarmoğidagi nosozlik va elektr energiyasidagi uzilişlar esa odamlarni xavf haqida boşqa yöl bilan ogohlantirişga imkon bermagan.

















