Aftidan, dollar va yevro xaridorlari faolligini valuta cheklovlari joriy etish borasidagi qo‘rquvlar to‘xtata olmayapti, MB chora ko‘rganidan keyin ham bir muddat tin olgan dollar kursi o‘sishda davom etmoqda, deb yozadi rossiyalik iqtisodiy sharhlovchi va jurnalist Tatyana Ribakova.

Dollar 100 rubllik marrani zabt etgach, Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazib, asosiy stavkani keskin — 350 bazisli punktga ko‘tarib, yiliga 12 foizlik darajada belgiladi. Biroq yig‘ilish xabari oldidan keskin qadrini mustahkamlay boshlagan rubl yig‘ilishdan so‘ng yana qulashda davom etdi.

14 avgust kuni uchta voqea birvarakayiga ro‘y berdi. Dollar 100 rubllik psixologik chegarani bosib o‘tdi, Markaziy bank 15 avgust kuni asosiy stavka bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishini e’lon qildi, TASS agentligi esa prezident yordamchisi Maksim Oreshkinning rubl tanazzulida «Markaziy bankning yumshoq pul-kredit siyosati», ya’ni kichik foiz stavkasi ayblangan maqolasini e’lon qildi.

Agar rasmiy raqamlarga e’tibor qaratilsa, seshanba kunigacha 8,5 foizni tashkil etgan Markaziy bank stavkasini u qadar past deb atab bo‘lmaydi. Yillik rasmiy inflatsiya ko‘rsatkichi 4,3–4,4 foiz bo‘lib turganda real stavka (inflatsiya chiqarib tashlansa) 4 foizdan sal ko‘proqni tashkil etayotgandi. Agar Markaziy bankning so‘nggi uch oyda inflatsiya o‘sishi 7,6 foizga yetgani to‘g‘risidagi ma’lumotlari hisobga olinsa, real stavka 1 foizga teng edi. Bu ham ko‘p emas, real stavka 2 foiz bo‘lganda neytral hisoblanadi, lekin bu ham u qadar past emas.

Bugun Markaziy bank Oreshkinning tanqidini hisobga oldi va stavkani oshirdi. Oshirganda ham kechagi kun ko‘plab ekspertlar taxmin qilgan miqdor — 300 bazisli punkt, ya’ni 11,5 foizdan ham yuqoriroqqa. Oreshkinning ikkinchi istagi — rubl kursini mustahkamlashni esa Markaziy bank uddalay olmadi. Seshanba kuni ertalabki soat 7 da 92,6 rublgacha tushgan dollar kursi yana yuqoriga o‘rmalay boshladi.

Ayni paytda Moskva birjasida dollar 98,5 rubldan, yevro esa qariyb 108 rubldan sotilmoqda. Nega rubl asosiy stavka keskin oshirilganiga qaramay qaddini tiklay olmadi?

O‘zi Markaziy bank rubl kursi bo‘yicha istaklarni bajarishga majbur emas. Chunki regulyator vakolatiga milliy valuta kursini targetlash kirmaydi. Unda buni boshqaruvchi vositalar ham yo‘q. Markaziy bank inflatsiya uchun javobgar ⁠— u stavka bo‘yicha qarorini aynan inflatsiya oshib borayotgani bilan