Qöşma Ştatlarning Toşkentdagi elçixonasi Diversity Visa (Green Card) dasturi ğoliblarini suhbat çoğida soxta hujjatlar taqdim etmaslikka çaqirdi. Aks holda viza oliş huquqidan umrbod mahrum bölişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 

«Viza olişda soxta hujjatlar yoki notöğri ma’lumotlar taqdim etişni maslahat beradigan uçinçi şaxslarga işonmang. Viza olişdan umrbod mahrum qilinişingiz mumkin», deyiladi elçixona bayonotida. 

2022 yilda Green Card uçun butun dunyodan jami 7 milliondan ortiq ariza kelib tuşgan. Ularning 2 foizdan kamroği immigratsiya huquqini olgan – 119 262 kişi. Özbekiston tasdiqlangan Green Card soni böyiça Misr va Jazoirdan keyin jahonda uçinçi örinni egalladi: 5511 nafar özbekistonlik Amerikaga köçib ötiş huquqiga ega böldi. 

Green Card - bu doimiy rezident maqomini tasdiqlovçi şaxsiy guvohnoma. Hujjat işlaş yoki şaxsiy biznesni oçiş, ta’lim oliş, suğurta va ijtimoiy ta’minotdan foydalaniş huquqini beradi. Green Card bilan mamlakatda 5 yil yaşaganidan söng, uning egasi AQŞ fuqaroligini olişi mumkin.