AQŞning Havayi ştatidagi Maui orolida sodir bölgan örmon yonğinlari qurbonlari soni 110 kişiga yetdi, deb xabar berdi gubernator Joş Grin 16 avgust, çorşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

Yakuniy qurbonlar soni ikki baravar köp bölişi mumkin, çunki yuzlab odamlar hanuzgaça bedarak yöqolganlar röyxatida turibdi, dedi Grin. Maxsus öqitilgan itlarga ega qidiruv guruhlari hozirgaça tabiiy ofatdan jabr körgan hududning 38 foizini örganib çiqdi. Qidiruv işlariga jalb etilgan itlar soni ikki barobarga, 40 taga yetkazilişi rejalaştirilgan.

Bayden va uning rafiqasi 21 avgust kuni Havayiga taşrif buyuradi

Oq uy bayonotida aytilişiça, AQŞ prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi 21 avgust kuni Mauiga favqulodda xizmatlar xodimlari, jarohatlanganlar, şuningdek, federal, ştat va mahalliy rasmiylar bilan uçraşiş uçun boradi.

«Men Havayi aholisini uşbu tabiiy ofatdan söng tiklaniş uçun zarur bölgan hamma narsa bilan ta’minlaşga sodiqman», deb yozdi Bayden X mikrobloglar servisida (sobiq Twitter).

AQŞda 100 yil içidagi eng halokatli yonğin

Maui orolida 9 avgust kuni sodir bölgan yonğin AQŞda ötgan yuz yil içidagi eng halokatli yonğin deb atalyapti. Tabiiy ofat tarixiy Laxayna şahrini vayron qildi: 2200 ta inşoot, asosan turar joy binolari butunlay yonib ketgan yoki jiddiy zararlangan, 850 gektar yer yonib kul bölgan. Favqulodda vaziyatlarni boşqariş federal agentligining hisob-kitoblariga köra, Laxaynani qayta tiklaş 5,5 milliard dollarga tuşadi. 

AQŞ rasmiylari Mauidagi örmon yonğinlarining halokatli oqibatlariga aloqa tizimidagi uzilişlar va tezligi soatiga 130 kmgaça bölgan böronli şamol kabi omillar ham sabab bölgan bölişi mumkin deb hisoblayapti.