Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturini şakllantirişda jamoatçilik iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturini şakllantiriş tartibi töğrisida”gi nizomga muvofiq vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan:
- tarmoq (soha)larni rivojlantiriş konsepsiyalariga (strategiyasiga) asosan, şuningdek, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari kengaşi va aholining takliflari asosida kelgusi uç yil uçun loyihalar portfeli şakllantirilişi va mazkur loyihalar portfeli har yilgi Ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturini şakllantiriş uçun ma’lumotlar bazasi sifatida xizmat qilişi nazarda tutilgan;
- loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (şahar) kesimidagi dastlabki röyxatini şakllantiriş böyiça hududlarda işçi guruhlar faoliyati yölga qöyilgan;
- har yilgi dasturni şakllantirişda loyihalar portfeliga kiritilgan infratuzilma loyihalari röyxatidan ularni amalga oşiriş muddatlari, moliyalaştiriş manbalari va ularning hajmlari bilan özaro boğlangan holda loyihalar tanlab olinadi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Davlat dasturlari loyihalari amalga oşirilişini monitoring qiliş va manzilli röyxatlarni kelişiş” avtomatlaştirilgan elektron platforma yaratilgan.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
- 2024 yilning 1 yanvaridan boşlab vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan dastur doirasida loyihalar portfelini şakllantirişda fuqarolar tomonidan taşabbus tarzida bildirilgan loyiha takliflari alohida inobatga olinadi;
- loyihalar portfeliga takliflar fuqarolar tomonidan özlari doimiy yaşab turgan tuman (şahar) va mahalla hududidagi ijtimoiy soha muassasalari (umumta’lim maktablari, maktabgaça ta’lim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qişloq vraçlik punktlari, tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari, madaniyat va sport muassasalari) quriş-ta’mirlaş işlari hamda içimlik va oqova suv tarmoqlarini yaxşilaş yuzasidan loyihalar böyiça bildiriladi;
- tarmoq vazirlik va idoralarning hududiy boşqarmalari (bölinmalari) özlarining rasmiy veb-saytlarida fuqarolar tomonidan loyiha takliflarni taqdim etiş imkoniyatini közda tutuvçi “jamoatçilik taşabbusi asosida ijtimoiy va infratuzilma loyihalari portfelin şakllantiriş” maxsus alohida axborot sahifasini yaratadi;











