«Tolibon» Afg‘onistondagi barcha siyosiy partiyalarni taqiqladi
«Tolibon» hokimiyatga kelishidan oldin Afg‘oniston Adliya vazirligida 70 dan ortiq katta yoki kichik siyosiy partiyalar ro‘yxatga olingan edi.

Abdul Hakim Sharai / Foto: Tolo News
«Tolibon» harakati Afg‘onistondagi barcha siyosiy partiyalarning faoliyati shariatga zid ekanini aytib, ularni taqiqladi. «Tolibon» hukumatidagi adliya vaziri Abdul Hakim Sharai 17 avgust, payshanba kuni Kobuldagi matbuot anjumanida ushbu taqiq haqida ma’lum qildi.
«Mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyatida shariat asoslari yo‘q. Ular milliy manfaatlarga xizmat qilmaydi, xalq esa ularni qadrlamaydi», - deya ta’kidladi Abdul Hakim Sharai.
70 dan ortiq yirik va kichik siyosiy partiyalar Afg‘oniston Adliya vazirligida ikki yil avval, «Tolibon» mamlakat ustidan nazoratni qayta qo‘lga kiritgunga qadar ro‘yxatga olingan edi.
Ayni paytda BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) o‘tgan o‘n kun ichida mamlakatning olti viloyatida «Tolibon» tomonidan jurnalistlar qo‘lga olinganini eslatdi. Missiya rasmiylarning so‘z erkinligi huquqini hurmat qilish majburiyati haqida eslatdi.
Afg‘oniston «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 180 pog‘onadan 152-o‘rinni egallaydi.
Ikki yil avval, 2021 yil 15 avgustda Afg‘onistonda «Tolibon» harakati hokimiyat tepasiga kelgan edi. Tolibon NATO boshchiligidagi Xalqaro xavfsizlik kuchlari (ISAF) olib chiqib ketilganidan keyin bir necha hafta ichida butun mamlakatni nazorat ostiga oldi.
«Afg‘oniston jamiyati ruhiy tushkunlikka tushib, charchagan. Iqtisodiyot vayronaga aylangan. 20 milliondan ortiq odam qashshoqlik chegarasida yashab, hayot uchun kurashmoqda», - deydi jurnalist, Ariana teleradiokompaniyasi sobiq rahbari Xushal Asefi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi
O‘zbekiston | 17:45
-
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 17:23
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
O‘zbekiston | 17:14
-
Bloger Qobil Do‘sov 5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025